Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat

2017 yil 5 may kuni “9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan institutning majlislar zalida “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” mavzusida bayram dasturi o’tkazildi.

1

2

Erta tongdan institutimizning bir guruh faxriylar Samarqand shahridagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo’yishdi va birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdilar.

3 

4 

Dastlab o’tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirilib, 1 daqiqalik sukut saqlandi. Shundan so’ng O’zbekiston Reschpublikasi davlat madhiyasi yangradi.

5

6

7

8

 

Tadbirni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov ochib, o’tganlar yodini esda saqlash, ularga hurmat-ehtirom ko’rsatish avlodlar uchun ham qarz, ham farzligini hyech qachon unutmasligimiz lozimligi, xalqimiz qadim-qadimdan o’tgan avlodlarni munosib xotirlab kelgani, “Xotira va qadrlash kuni” o’z mohiyati bilan boshqa bayram va an’analarimizdan farq qilishi, u olamdan o’tgan ajdodlarni eslashgina emas, asrlar mobaynida Vatan uchun kurashda halok bo’lganlar xotirasini hurmat qilish ham ekanligi, nafaqat urush ortida mehnat qilgan, shu bilan birga ko’p yillar mobaynida biz bilan birga institutimizda faoliyat ko’rsatgan va hozirda nafaqada bo’lgan faxriy ustozlarimizni qadrlash, ularni e’zozlash, ularning holidan xabar olib turish, o’tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirish, qariyalarimizni qadrlash avlod-ajdodlarimizning o’zaro bog’liqlik rishtasini mustahkamlaydigan an’anaviy qadriyatlarimizga aylanishi lozimligini ta’kidladi. Sahnaga Afg’on urushi qatnashchilarini chorlab, ularga xodimlar kasaba uyushmasining qimmatbaho sovg’alari va anvoyi gullar taqdim etdi.

9

10

Shundan so’ng yig’ilganlarga institutda ko’p yillar mehnat qilgan va vafot etgan o’qituvchi-xodimlar to’g’risida hikoya qiluvchi videorolik namoyish etildi. Film namoyishidan so’ng yig’ilganlarga talabalarning badiiy chiqishlari va kuy qo’shiqlar havola etildi. Tadbirda faxriylarga anvoyi gullar va esdalik sovg’alari taqdim etildi.

11

12

13

Bayram tadbiridan so’ng institutimizda ko’p yillar samarali mehnat qilgan va ayni paytda faoliyat olib borayotgan 60 ga yaqin faxriy professor-o’qituvchilar, shuningdek, mehnat faxriylari hamda Afg’on urushi qatnashchilariga dasturxon yozilib bir piyola choy ustida suhbatlashildi.

14