Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Institutda “Tarixiy-falsafiy meros: talqini, immanent xususiyatlari va funksiyalari” mavzusida ilmiy seminar bo’lib o’tdi

2017-yil 5-may kuni soat 11:00 da Ilmiy Kengash xonasida 3-bosqich katta ilmiy xodim-izlanuvchisi Zafarova Sitora Zafarovnaning “Tarixiy-falsafiy meros: talqini, immanent xususiyatlari va funksiyalari” mavzusida ilmiy seminar bo’lib o’tdi. Seminarda institutda faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar hamda bir nechta ushbu sohaga qiziquvchi yosh o’qituvchilar ishtirok etishdi. Seminar ijrochisi S.Zafarova mavzuning mazmunini yoritib, undagi muammo hamda yechimlarga alohida to’xtalib o’tdi. Seminar so’ngida soha olimlari S.Zafarovaga o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda tadqiqot ishining yutuq va kamchiliklari bo’yicha fikr hamda takliflar berildi.

20170505_110616

20170505_111359

20170505_110704

20170505_110630