Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Akademik litsey va kasb-hunar kollej ingliz, nemis va frantsuz tillari o‘qituvchilari uchun “Master klass” lar o‘tkazildi

Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand viloyat hokimligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda 2015 yil 10 noyabrda imzolagan “Harakat dasturi”ning keyingi bosqich vazifalarini amalga oshirmoqda.

SAM_0196

2017 yil 6 may kuni Samarqand davlat chet tillar institutida viloyatdagi akademik litsey va kasb-hunar kollej ingliz, nemis va frantsuz tillari o‘qituvchilari uchun “Master klass” lar o‘tkazildi.

SAM_0195

Master klasslarda 50ga yaqin o‘qituvchilar qatnashdi. Frantsuz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari D.A. Ataullaeva va D.B. Nasimovalar “AL va KHK o‘qituvchilarini  CEFR talablariga muvofiq malakasini oshirish ”  mavzusida “Master klass” o‘tkazdilar.

SAM_0194

Ingliz va nemis tillari o‘qituvchilari uchun  AQSh Universitetidan taklif qilingan Elise Brittain “Dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish” mavzusida “Mastel klass” o‘tkazdi.

SAM_0193