Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Indonezianing Gunadarma Universiteti professorlari SamDCHTIda xalqaro ochiq ma’ruza qilishdi

Ma’lumki, SamDCHTIda 2014 yilda Indonez tili markazi tashkil etilgan hamda 2015 yildan mazkur til ikkinchi chet tili sifatida o’qitilmoqda. Har yili Indonezianing O’zbekistondagi elchixonasi ko’magida bir nafar Indonezialik mutaxassis institutda faoliyat olib bormoqda. Jumladan, 2015-2016 o’quv yilida Imansyah Abdullah talabalarga dars bergan bo’lsa, 2016-2017 o’quv yilida Badrus Siroj Muhammad indonez tili mutaxassisi sifatida samarali faoliyat olib bordi.

IMG_8587 

IMG_8545 

2017 yilning 8 may kuni Indonezianing Gunadarma Universiteti rektori Prof. Dr. Eko Sri Mrgianti boshchiligidagi 22 kishilik delegatsia SamDCHTIga rasmiy tashrif bilan keldi.

IMG_8560 

Tashkil etilgan rasmiy uchrashuvda institut rektori I. Tuxtasinov hamda prorektorlar, fakultetlar dekanlari va xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i ishtirok etishdi. Uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, jumladan, o’qituvchilar va talabalar almashinuvi, hamkorlikda xalqaro seminar-treninglar tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarida yaqin hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilinda.

Rasmiy uchrashuvdan so’ng barcha delegatsiya a’zolari hamda SamDCHTI o’qituvchilari ishtirokida chet tillarni o’qitish va o’zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish kabi mavzularda kengaytirilgan ochiq ma’ruza tashkil etildi.

IMG_8518 

Jumladan, Prof. Dr. Burhaniddin Arafah tomonidan “Cultural sharing and social responsibility: Learn from Indonesia” mavzusida hamda Dr. Matrissya Hermita tomonidan “Psychological aspects of computer based language proficiency test” mavzusida ma’ruzalar o’qildi.

IMG_8524 

Shuningdek, Gunadarma Universiteti to’g’risida taqdimot namoyish qilindi.

IMG_8526 

Tashrif yakunida rektor I.Tuxtasinov delegatsiya a’zolariga tashrif va ma’ruza uchun institut nomidan chuqur minnatdorchilik bildirdi.

IMG_8529

IMG_8650