Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Harbiy xizmatchilar yod etilib, oilasidan xabar olindi

“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov, xodimlar kasaba uyushmasi raisi I.Salomov, Narpay tuman mudofaa ishlari bo’limi boshlig’i I.Sharipov, o’qituvchilar J.Samadov, U.Qodirov hamda bir guruh institut talabalari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 14 apreldagi 87-02-1171-sonli xatida belgilangan topshiriqqa asosan 2017 yil 9 may kuni Mustaqillik yillarida Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo’lgan harbiy xizmatchi, Narpaylik kichik serjant Xasanov Ulug’bek Xatamovichning oilasiga tashrif buyurishib, uning otasi Xasanov Xotam bobo, onasi Xasanova Zulayho momo, turmush o’rtog’i Xasanova Feruza hamda farzandlari Hasanova Dinara va Hasanov Jasurbeklar holidan xabar olishdi. Ularga o’g’lining xizmat vaqtida ko’rsatgan jasorat uchun minnatdorchilik bildirishib, institut xodimlar kasaba uyushmasining qimmatbaho sovg’alari hamda 280 ming so’mlik oziq-ovqat mahsulotlarini topshirishdi.

1

2

3

4

5

6