Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Talabalar teatr studiyalari festivalining saralash bosqichi o’tkazildi

2017 yil 12 may kuni Samarqand shahridagi A.P.Chexov nomidagi rus akademik drama teatrida talaba-yoshlarini buyuk ma’naviy merosimiz, betakror qadriyatlarimiz, an’analarimizni izchil davom ettirish, ularni mustaqillik davri talablari asosida boyitib borish va rivojlantirishga munosib hissa qo’shish hamda yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo’naltirish, teatr san’atiga bo’lgan qiziqishlarini qo’llab-quvatlash maqsadida tashkil etilayotgan talabalar teatr studiyalari festivalining Samarqand viloyat oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi saralash bosqichi bo’lib o’tdi. 

1

Ushbu festivalda Samarqand davlat chet tillar institutining “San’at gulshani” talabalar teatr studiyasi ham ishtirok etib, institut o’qituvchisi, dramaturg Nodir Rahmatullayev tomonidan sahnalashtirilgan “Yaxshi yashash yaxshi yohud supertadbirkorlar” nomli jiddiy komediyasini namoyish etdi.

2

Ushbu asarda zamonamiz qahramonlarining hayotda o’z o’rnini topish uchun intilishlari, bu yo’lda o’zgalarni aldab, ularning pullarini firibgarlik yo’li bilan olishlari, ammo bu yo’l bilan baxtga erishib bo’lmaslik, baxtga faqat inson o’z mehnati orqaligina erishishi mumkinligi, so’nggi pushaymon – o’zingga dushman ekanligi, ota-onalar o’z farzandini bee’tibor qoldirmasligi, ularni voyaga yetkazish uchun ko’plab qiyinchiliklarga duch kelishi, inson o’zining taqdirini o’zgartirish doim o’zining qo’lida ekanligi kabi muammolar hayotiy misollar orqali o’z ifodasini topgan.

3

Samarqand davlat chet tillar institutining “San’at gulshani” talabalar teatr studiyasi a’zolari turli nominasiyalar bilan bilan taqdirlanishdi.

4