Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Nemis tili” (umumkasbiy) fani bo‘yicha talabalar respublika fan olimpiadasining II bosqichining natijalari e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 23 martdagi 162-sonli “2017 yilda Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga binoan “Nemis tili” (umumkasbiy) fani bo‘yicha talabalarning respublika fan olimpiadasining 2 bosqichi 2017 yil 15-16 may kunlari Samarqand davlat chet tillar institutida bo‘lib o‘tdi. Olimpiadaga respublikadagi 33 ta OTMlardan 33 nafar talabalar ishtirok etishdi.

IMG_8966

Olimpiada natijasiga ko‘ra:

I – o‘rinni Aliyeva Zulfizar Valijon qizi                            - ToshJIDU;

II – o‘rinni Axmedova Rushana Ozod qizi                        - SamDCHTI;

III – o‘rinni Mamatov Sa’dulla o’g’li                               - ToshMI

16 may soat 14:00 da institut Faollar zalida g‘oliblarni taqdirlash va olimpiadaning tantanali yopilishi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiada g‘oliblari va qatnashchilari hamda ilmiy rahbarlari institut olimpiada tashkiliy qo‘mitasining sovg‘alari, faxriy yorliqlari va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

 

IMG_8969

IMG_8974

IMG_9437

IMG_9503

IMG_9512

IMG_9515