Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Huquqbuzarliklarni oldini olish – dolzarb vazifa

2017 yil 16 may kuni ingliz tili fakultetida 1-2-kurs talabalari bilan yoshlar o’rtasida diniy ekstremizm va terrorizm, odam savdosi va giyohvandlik, xavfsizlik va huquqbuzarlikning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish yuzasidan davra suhbati o’tkazildi. 

 

2

3

Davra suhbatida Samarqand shahar prokurori o’rinbosari B.Murtazayev hamda Samarqand shahar Loxutiy jome masjidi imom xatibi O’.Umirqulovlar so’zga chiqishib, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar, shu jumladan odam savdosi va diniy ekstremizm tushunchalari so’nggi yillarda ko’p tilga olinayotgani, buning asosiy sababi bu qilmishlarga nisbatan keng jamoatchilikning e’tibori keskin ortib borayotgani, barcha turdagi ommaviy axborot vositalari, dunyoning katta-kichik minbarlarida ushbu illat oqibatlari, uni bartaraf etish yo’llari va odam savdosi hamda diniy ekstremizmdan jabrlanganlarning ayanchli taqdiri haqida ma’lumotlar berishdi va tadbirda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

4

5

Davra suhbatida ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i I.Mamasoliyev, ingliz tili fakulteti dekan o’rinbosarlari Q.Hakimov, A.Latipov hamda 120 nafar talabalar qatnashishdi.

6

7

Tadbirni ingliz tili fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari Q.Hakimov olib bordi.

1