Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Xorijiy tillarni o‘rganishning psixologik-pedagogik omillari respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi

Samarqand davlat chet tillar institutida 2017-yil 16-17may kunlari Xorijiy tillarni o‘rganishning psixologik-pedagogik omillari mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanni SamDCHTI rektori dots I.M.Tuxtasinov kirish so`zi bilan ochib berdi. Mazkur anjumanda taniqli olimlar psixologik-pedagogik omillari va chet tili nutqiga o‘rgatish metodikasi masalalari bo‘yicha jamlangan tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Chet tili ta’limi sohasiga oid chop etilayotgan yangi o‘quv va metodik adabiyotlar mavzularini muvofiqlashtirish, ularni chet tillar o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha zamonaviy tavsiyalar bilan boyitish masalalari to‘g‘risida fikr almashildi. Anjumanda Toshkent, Andijon, Namangan, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Samarqand shaxarlaridagi oliy ta’lim muassasalaridan 200 ga yaqin professor-o`qituvchilar katta ilmiy xodim izlanuvchilar mustaqil tadqiqotchilar hamda magistr-talabalar o`z tezislari bilan qatnashdilar. 

IMG_0038

IMG_0052

IMG_0067

IMG_0073

IMG_0082

IMG_0090

IMG_0126

IMG_0128

IMG_0131

IMG_9313

IMG_9318

IMG_9319

IMG_9429