Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Odam savdosi va diniy ekstremizmga qarshi kurashish bo’yicha tadbir o’tkazildi

2017 yil 17 may kuni ingliz tili fakultetida Odam savdosi va diniy ekstremizmga qarshi kurashish yuzasidan davra suhbati o’tkazildi. 

Davra suhbatida Samarqand shahar prokurori katta yordamchisi K.Kamolov, Samarqand shahar Loxutiy jomu masjidi imom xatibi O’.Umirqulov, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i I.Mamasoliyev, ingliz tili fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari Q.Hakimov hamda fakultetning 250 nafar 3-4-kurs talabalari ishtirok etishdi.

1

Unda Samarqand shahar prokurori katta yordamchisi K.Kamolov, Samarqand shahar Loxutiy jomu masjidi imom xatibi O’.Umirqulovlar so’zga chiqishib, hozirgi kunda ko’plab yurtdoshlarimiz odam savdosi  qurboniga aylanib qolayotgani, ayniqsa bu jarayon yaqin qarindoshlar, qo’ni-qo’shnilar yoki tanish-bilishlar orasida ko’proq uchrayotgani, natijada ko’plab yurtdoshlarimiz o’zga mamlakatlarda aldanib, pasportlarini oldirib qo’yib, sarson-sargardonlikda o’z yurtiga qaytishga qiynalayotgani, ayrimlari turli oqimlarga qo’shilib ketayotgani, buning sababi birinchi navbatda ilmsizlik ekani, buning uchun odamlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish lozimligi yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.

2

3

4

Tadbirni ingliz tili fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari Q.Hakimov olib bordi.

5