Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Roman-german tllari fakultetida profilaktik tadbir o’tkazildi

Institutimizda yoshlar orasida jinoyatchilik va uni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu yo’nalishda yoshlarning huquqbuzarlik yo’liga o’tishlarining oldini olishga katta e’tibor qaratilayapti.

1

Shu maqsadda 2017 yil 18 may kuni roman-german tillari fakultetida talabalar bilan yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarining oldini olishning tashkiliy va huquqiy choralarini belgilash va hal etish yuzasidan davra suhbati o’tkazildi. 

2

Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tinglovchisi Sh.Xolboyev, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi vrachi D.Axmedova hamda Samarqand shahar Loxutiy jome masjidi imom xatibi O’.Umirqulovlar ma’ruza qilishdi.

3

4

Ma’ruzada talabalar yoshlar o’rtasida profilaktik choralarni amalga oshirish yo’llari, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, unda jamoatchilikning o’rni va soha mutaxassislarining yordami, ayniqsa yoshlar huquqbuzarliklarining oldini olishda ota-onalarning ishtiroki yuzasidan zarur ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

5

Tadbirni roman-german tillari fakulteti dekani A.Shermatov olib bordi.

6