Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Professor-o’qituvchilar va xodimlar o’rtasida an’anaviy XXII spartakiada bo’lib o’tmoqda

2017 yil 15 maydan boshlab Samarqand davlat chet tillar instituti ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, “Jismoniy madaniyat” kafedrasi hamda “Talaba” sport klubi tomonidan xodimlar kasaba uyushmasi hamkorligida institut professor-o’qituvchilari va xodimlari o’rtasida an’anaviy XXII spartakiadasi bo’lib o’tmoqda. Unda rektorat jamoasi, xodimlar jamoasi va ingliz tili fakulteti, roman-german tillari fakulteti hamda tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti jamoalaridan sportning 5 ta turi bo’yicha 130 nafar professor-o’qituvchilar va xodimlar ishtirok etishmoqda. 

1

2

3

Jumladan, 15 may kuni volleybol, 16 may kuni shaxmat-shashka, 17 may kuni basketbol hamda 18 may kuni stol tennisi bo’yicha bahslar tashkil etildi.

4

5

6

Hozirda sport turlari bo’yicha musobaqlar davom ettirilmoqda.