Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi o’rni

2017 yil 19 may kuni roman-german tillari fakulteti talaba-qizlari bilan “Xotin qizlarning ijtimoiy hayotdagi o’rni” hamda “O’z joniga qasd qilishning oldini olish” mavzulari bo’yicha davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirda Samarqand viloyati xotin-qizlar qo’mitasi raisi o’rinbosari M. Sanaqulova, institut xotin-qizlar kengashi raisi M. Normurodova, institutning psixolog o’qituvchisi M.Nurmatova, roman-german tillari fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi Sh.Muhammedova, fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri N.Suvonova, kafedraning xotin-qizlar bilan ishlash bo’yicha mas’ul o’qituvchisi Sh.Fozilova hamda kafedra o’qituvchilari ishtirok etishdi. 

1

Tadbirda viloyat xotin-qizlar qo’mitasi raisi o’rinbosari M.Sanaqulova so’zga chiqib, hozirda yurtimiz jahon sahnida har tomonlama rivoj topib borayotgani, bunda xotin-qizlarning o’rni beqiyos ekanligi, ayniqsa sog’lom avlodni voyaga yetkazish va uni tarbiyalashda ayollarning ko’rsatayotgan fidokorona xizmatlari juda muhim o’rin tutishini aytib o’tdi.

2

Shundan so’ng psixolog o’qituvchi M. Nurmatova so’zga chiqib, bugungi kunda xotin-qizlarimiz hayotida, ayniqsa oilada bir qator murakkabliklar uchrab turgani, bu esa ularning ruhiyatiga salbiy ta’sir o’tkazayotgani, ayrim hollarda esa xotin-qizlar bu jarayonlarga bardosh bera olmasdan o’z joniga qasd qilish holatlari uchrayotgani achinarli ekanligini ta’kidlab o’tdi va bunday holatlarda qandy yo’l tutish kerakligi yuzasidan o’z maslahatlarini berib o’tdi.

3

Tadbir so’ngida fransuz tili va adabiyoti kafedrasi xotin-qizlar bilan ishlash bo’yicha mas’ul o’qituvchisi Sh. Fozilova so’zga chiqib, tadbirni tashkil etganligi uchun tashkilotchilarga o’z minnatdorchiligini bildirdi va kelgusida bunday tadbirlarni ko’plab o’tkazish lozimligini ta’kidladi.

4

Tadbirni institut xotin-qizlar kengashi raisi M.Normurodova olib bordi.