Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

AQShning O’zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda

20 iyun kuni AQShning O’zbekistondagi elchixonasi ta’lim va madaniyat bo’limi boshlig’i Diane Del Rosario hamda ingliz tili dasturlari bo’yicha mutaxassisi Nodira Meliboevalar tashrif buyurdi.

IMG_2201

 

Delegatsiya a’zolari bilan SamDCHTI rektori I. Tuxtasinov, ilmiy ishlar bo’yicha prorektor Sh. Ashurov, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i O. Yusupov hamda Ingliz tili fakulteti dekani A.Ismailov ishtirokida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

IMG_2210  

Uchrashuvda tomonlar o’rtasida ta’lim sohasidagi o’zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, jumladan, hamkorlikda seminar-treninglar tashkil etish, o’qituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish kabi masalalar yuzasidan kelishib olindi. Shuningdek, mutaxassislar ishtirokida qisqa muddatli til kurslari tashkil etish fikrini bildirdi.

Elchixona xodimi Nodira Meliboeva elchixona huzurida “Education Advising Centre” markazi faoliyat olib borayotganligini, qiziquvchi talabalar bu markazdan AQSHda ta’lim tizimi, universitetlar bo’yicha ma’lumotlar olish bo’yicha samarali foydalanishlari mumkinligini ma’lum qildi.

IMG_2217

IMG_2221 

SamDCHTI rektori I.Tuxtasinov institutda faoliyat olib borayotgan mutaxassis Elise Brittain faoliyatini yuqori baholadi. U darslardan tashqari institut o’qituvchilariga metodik seminarlar o’tishda, tarjima va tahrir ishlarida ham yaqindan yordam berayotganligini alohida ta’kidladi.

IMG_2253 

Shuningdek, AQShning O’zbekistondagi elchixonasi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligi doirasida elchixona tomonidan SamDCHTIga jami 16,896 AQSH dollariga teng bo’lgan 700 dona ingliz tili darsliklari va o’quv adabiyotlari hamda AKT vositalari to’plami (bir dona zamonaviy kompyuter, bir dona televizor, bir dona printer va DVD pleyr) taqdim etildi.

IMG_2268