Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivaliga tarjimon-volontyorlarning tayyorgarlik jarazoni davom etmoqda

“Sharq taronalari” XI-xalqaro musiqa festivalga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori saviyada o’tkazish maqsadida xorijiy mehmonlarga tarjimon-volontyor sifatida hamrohlik qiluvchi SamDChTI professor-o’qituvchilari, magistrantlari va talabalarining malakasini oshirish maqsadida tashkil etiladigan maxsus o’quv-seminarlar davom etmoqda.

IMG_2310

IMG_2313

Hozirgi kunga qadar quyidagi mavzularda o’quv seminarlari tashkil etildi: O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosat konsepsiyasi va xalqaro munosabatlari; O’zbekistonning jahon hamjamiyatida tutgan o’rni va roli, mintaqaning muhim geosiyosiy hududda joylashganligi, davlatlararo munosabatlardagi ustivor yo’nalishlar; “Sharq taronalari” musiqa festivalining tashkil etilishi tarixi, faoliyati, maqsadi va vazifalari; O’zbekiston Respublikasi va Samarqand viloyatining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlari, o’sish va rivojlanish tendensiyalari; O’zbekiston Respublikasi va Samarqand viloyatining iqtisodiy, moliyaviy sohalarda amalga oshirilayotgan yangilik va islohotlar, istiqboldagi rejalar va iqtisodiyotdagi prognoz  ko’rsatkichlar; O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o’zbek modeli», O’zbekiston Respublikasi rivojlanishiga qo’shgan hissasi va asarlari; O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlari; O’zbekistonning jahon sivilizatsiyasida tutgan o’rni, tarixi va madaniy merosi; Samarqand shahridagi tarixiy obidalar va me’moriy majmualar, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan qurilish - bunyodkorlik va ta’mirlash ishlari; Xorijiy mehmonlarga Samarqand shahri bo’ylab tarjimonlik xizmatini amalga oshirishda mavjud muammolar va ularning yechimlari.

IMG_2325

IMG_2329

IMG_2336 

Joriy yilning 20 iyun kuni institut rektori I.Tuxtasinov hamda Samarqand davlat muzey-qo’riqxonasi bosh direktori X.Muxammadiyevlar  gid-tarjimonlarni Hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan Qarorlar, O’zbekiston Respublikasida, jumladan Samarqand viloyati va Samarqand shahrida iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, qurilish-obodonchilik ishlari, Samarqand shahri tarixi va tarixiy obidalari, Gid-ekskursavodlar va tarjimonlarning notiqlik san’ati, kiyinish madaniyati, diplomatik muomala odobi, gid-ekskursovodlar va tarjimonlar etikasi, kasb axloq kodeksi, xorijiy mehmonlarni olib yurish tartibi haqidagi ma’lumotlar bilan ham tanishtirishdi.