Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“O’zbekiston- umumiy uyimiz” do’stlik va madaniyat festivali o’tkazildi

2017 yil 19-20 iyun kunlari viloyatimizda “O’zbekiston umumiy uyimiz” shiori ostida do’stlik va madaniyat festivali ko’tarinki ruhda o’tkazildi. Festival doirasida Samarqand davlat chet tillar institutida “Millatlararo totuvlik va bag’rikenglik – barqarorlik omili” mavzusida turli millat vakillari ishtirokida davra suhbati va konsert dasturi o’tkazildi.

1

2

3

Davra suhbatini institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov ochib, yig’ilganlarga mehmonlarni tanishtirdi va ularga so’z navbatini berdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi vakili Mironov Sergey Aleksandrovich,Respublika “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi raisi Latipov Isfandiyor, viloyat hokimligi mutaxassisi Umirov Obid, Ozarbayjon milliy madaniy markazi vakili Mirzayev Odilaga Isa o’g’lilar ishtirok etishib, yurtimizda bag’rikenglik va mehmondo’stlik azaldan qadrlanib kelingani, bu yuksak fazilatlar xalqimizning qon-qoniga singib ketgani, ota-bobolarimiz azaldan turli millat vakillari bilan og’a-inidek do’st-birodar bo’lib yashagani, istiqlol yillarida bu azaliy an’ana yangi mazmun kasb etgani, Respublika va viloyatimizdagi milliy madaniy markazlar, diniy konfessiyalar va diniy tashkilotlar faoliyati to’g’risida ma’ruza qilishdi. Shuningdek, institut o’qituvchisi A.Tkachyova, talaba Yu.Maksimovalar ham so’zga chiqib, o’z fikrlarini bildirib o’tishdi.

4

5

6

7

Shundan so’ng “O’zbekistonda bag’rikenglik madaniyati” filmi hamda institut talabalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi. 

Kunnig ikkinchi yarmida viloyat drama teatri oldida tashkil etilgan festivalda ishtirokchilarga institut talabalari tomonidan turli xalqlarning an’ana va madaniyatlari namoyish etildi.

 

8

9

10

11