Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Zukko kitobxon” intellektual o’yini bo’lib o’tdi

Talabalarning kitobga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish hamda kitobsevar yoshlarni munosib taqdirlash maqsadida Navoiy shahridagi “Kamolot” Yoshlar Markazi binosida “Zukko kitobxon” intellektual o’yinining mintaqaviy chorak final bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda yarim final bosqichiga yo’llanma olgan Qoraqalpog’iston davlat universiteti jamoasi, Qashqadaryo davlat universiteti jamoasi, Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti va shular qatorida Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi ham ishtirok etishdi. 

1 (2)

Tanlov shartlariga ko’ra, jamoalar “Yuksak ma’naviyat-Yengilmas kuch” asari, “Sherlok Xolms sarguzashtlari”, “Chinor”, “Muhabbat qissasi”, “Chol va dengiz”, “Kichkina shaxzoda”, “Alkimyogar”, “O’tkan kunlar”, “Ikki eshik orasi”, “Zamonamiz qahramoni” kabi kitoblardan savol-javob tariqasida o’z bilimlarini namoyish etishdi.

2

3

Tanlov yakuniga ko’ra, Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi 16.5 ball to’plab g’oliblikni qo’lga kiritishdi, va 1-o’rinni egallashdi. Shu  bilan bir qatorda joriy yilning 7-11-iyul  kunlari Farg’ona viloyatida bo’lib o’tadigan final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishdi.

 

4

5

Institut rahbariyati, jamoa a’zolarini erishgan g’alabasi bilan qutlaydi va keyingi final bosqichida omad yor bo’lishini tilaydi       

 

6