Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Eng yaxshi bitiruv malakaviy ish” tanlovi o‘tkazildi

2017 yil 20 iyun  kuni institutimizning Filologiya  va tillarni o‘qitish (fransuz tili)  ta’lim  yo‘nalishida  tahsil  oladigan bitiruvchi talabalarning bitiruv  malakaviy  ish  himoyasi  bo‘lib  o‘tdi.   

 

 

IMG_20170620_182951 

Mazkur himoya  jarayonida  talabalar o‘zlarining yil davomida   olib  borgan  ilmiy  izlanishlari   borasida o‘rgangan  ilmiy-nazariy   ma’lumotlar  va ular  bo‘yicha  erishgan natija hamda  o‘zlarining  ilm-fanga  bo‘lgan  qiziqishlarini  namoyon  etdilar.

IMG_20170620_090344

Shuningdek,  talabalar bitiruv  malakaviy  ishlarining ilmiy  natijalari  sifatida ko‘plab  ilmiy  maqola  va tezislar hamda uslubiy  ishlanmalar  yaratganligini  o‘z BMI  taqdimotlarida  ko‘rsatib  o‘tishdi. 

003

BMI  himoyasi  nihoyasida Filologiya  va tillarni o‘qitish (fransuz tili)  ta’lim  yo‘nalishi  bo‘yicha Yakuniy Davlat  Attestatsiyasi Komissiyasi Fransuz tili  va adabiyoti kafedrasi tomonidan  tashkil etilgan “Eng  yaxshi bitiruv  malakaviy  ish” tanlovi nominatsiyalarining sovrindorlarini aniqlashga  yordam  berdi.  

005 (2)

YADAK xulosasiga  ko‘ra :

  1. Shernazarov  Ixtiyor muhtaram birinchi Prezidentimiz asarlari bo‘yicha olib borgan ilmiy  izlanishlariga  ko‘ra “Eng  yaxshi bitiruv  malakaviy  ish” muallifi,;
  2. Qayumova Umida  fransuz va o‘zbek  masallari borasidagi BMI  mavzusi orqali “Eng dolzarb mavzu”  nominatsiyasi muallifi;
  3. Abduraxmonova Umida fransuz  va o‘zbek xalq  ertaklarining lingvo-madaniy xususiyatlari haqidagi bitiruv malakaviy  ishi orqali “Eng  qiziqarli mavzu”  muallifi;
  4. Abdurasulova   YUlduz   fransuz  badiiy  asarlaridagi  tashqi qiyofa tahliliga  doir mavzusi bilan “ Eng yaxshi notiq” muallifi;
  5.   Ochilova Gulrux fransuz  va o‘zbek tillarida  ro‘zg‘or  konsepti bo‘yicha tayyorlagan  BMI  taqdimoti orqali “Eng namunali taqdimot” muallifi sifatida  Faxriy  yorliqlar  bilan  taqdirlandi.

Bunday  rag‘bat ,  albatta bitiruvchi talabalarni kelgusida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan  yanada chuqurroq  shug‘ullanishga  undadi. 

20170620_122623

20170620_123850

002

001