Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Kamola Abdurahmonova armrestling bo’yicha Osiyo chempionatida 2 ta oltin medal sohibi

q

2017 yilning 5-12 iyun kunlari Qirg’izistonning Bosteri shahrida 16-18 yosh, 19-21 yoshlilar va imkoniyati cheklangan erkak hamda ayol sportchilar o’rtasida armrestling bo’yicha Osiyo chempionati o’tkazildi. Unda O’zbekiston terma jamoasi safida institutning tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 2-kurs arab tili yo’nalishi talabasi Kamola Abduraxmonova ishtirok etib, terma jamoa safida kurash olib borgan Nargiza Azimova, To’lqinjon Yo’ldoshev, Sardor Xudoyberdiyevlar bilan bir qatorda ikkitadan oltin medalni qo’lga kiritdi. 

 2

Musobaqada 16 davlatdan kelgan 500 ga yaqin sportchi ishtirok etdi va terma jamoamiz vakillari jami 48 ta, jumladan 18 ta oltin, 13 ta kumush va 17 ta bronza medallarini qo’lga kiritishdi hamda yakuniy jadvalda uchinchi o’rindan joy olishdi.

3 

Institut jamoasi Kamola Abdurahmonovaga kelgusidagi barcha ishlarida omad va baxt tilab qoladi. Oltin medal muborak.

4