Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Buyuk Ipak Yo’lida joylashgan universitetlar uyushmasi Bosh kotibi Professor Sungdon Hwang tashrifi

23 iyun kuni bo’lib o’tgan “Buyuk ipak yo’lida milliy va umuminsoniy qadriyatlar. Til. Ta’lim va madaniyat” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida Janubiy Koreya Respublikasi “Buyuk Ipak Yo’lida joylashgan Universitetlar uyushmasi” Bosh kotibi hamda Hankuk Xorijiy tillar Universiteti Professori Sungdon Hwang SamDCHTIga tashrif buyurdi.

IMG_2952

Institut rektori I.Tuxtasinov va Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i O. Yusupovlar ishtirokida bo’lib o’tgan rasmiy uchrashuvda hamkorlikda kelgusida  ta’lim, ilmiy-tadqiqot, qo’shma xalqaro ilmiy anjumanlar, seminarlar tashkil etish, ilmiy maqolalar chop etish bilan bir qatorda Buyuk Ipak Yo’li loyihasi doirasida ko’plab madaniy tadbirlarni tashkil etishga kelishib olindi.

IMG_2958

Buyuk Ipak Yo’lida joylashgan Universitetlar uyushmasi a’zoligiga Samarqand davlat chet tillar instituti 2015 yil avgust oyida qabul qilingan. Institut ham mazkur uyushmaning bir necha loyihalarida faol ishtirok etib kelmoqda.

 

IMG_2959