Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ingliz tili mutaxassisi Elise Brittain SamDCHTIdagi faoliyatini yakunladi

AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan Samarqand davlat chet tillar instituti o’rtasida ta’lim sohasida keng hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan.

Elchixona ko’magida 2016/2017 o’quv yili davomida Bluedata Xalqaro ingliz tili Instituti talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i va ingliz tili o’qitish instruktori Elise Brittain institutda samarali faoliyat olib bordi. 

IMG_3118

Elise Brittain talabalarga ingliz tili fanidan dars berish bilan birga ochiq darslar va so`zlashuv kurslari tashkil etib samarali faoliyat olib bordi. Institut pedagog-xodimlari bilan birgalikda o’zbek adabiyoti namunalaridan ingliz tiliga bir qator tarjimalarni amalga oshirishda o’z hissasini qo’shdi.

 

IMG_3130

Shuningdek, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi hamkorligi doirasida elchixona tomonidan 231 turdagi 700 dona ingliz tili darsliklari va AKT vositalari to’plami institutga taqdim etilishida ham Elise Brittainning xizmatlari katta bo’ldi.

 

IMG_3140

23 iyun kuni bo’lib o’tgan uchrashuvda rektor I.M.Tuxtasinov Elise Brittainga institut jamoasi nomidan chuqur minnatdorchilik bildirdi.