Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ramazon hayit bayrami

8eb008f055122998c6fb5bdeb98d0bfe

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, aziz talabalar!

Bugun barchamiz musulmon olamining eng aziz bayramlaridan biri bo'lmish ramazon haitini nishonlamoqdamiz.

Bu bayramda keksalar, bemorlar, muhtojlar, uzoq va yaqin qarindoshlar, boshiga tashvish tushganlar holidan xabar olingan, ularning ko'nli ko'tarilgan. Insonlar bir biriga sihat salomatlik tilashgan, o'zlarining ezgu tilaklarini bildirishgan. Barcha ginalar unitilgan.

Aziz ustozlar, hurmatli talabalar!

Shunday ekan, bugungi ajoyib kunda barchamiz bir-birimizga mehr-e'tiborli bo'laylik. Yaqinlarimiz holidan xabar olaylik.

Ularning ko'nglini ko'taraylik. Shu qatori men ham ushbu ulug' ayyomda barchangizga o'zimning ezgu va samimiy tilaklarimni bildiraman.

Oilangizga tinchlik-xotirjam, Sizga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, a'lo kafiyat, dasturxoningizga qut-baraka, ishingizga rivoj tilayman.

Ilohim Olloh barchamizni o'z panohida asrasin. Ramazon hayiti barchangizga muborak bo'lsin. 

Hurmat bilan SamDCHTI rektori I.Tuxtasinov.