Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Institutda “Buyuk Ipak yo‘lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, ta’lim va madaniyat” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2017-yil davlat tashrifi chog‘ida Pekin shahrida 14-15-may kunlari bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” forumida ishtirok etib nutq so‘zladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z nutqida “Qadimda turli mintaqalarning o‘zaro aloqasida Buyuk Ipak yo‘lining roli beqiyos bo‘lgan. Buyuk Ipak yo‘li nafaqat hududlar o‘rtasida savdo-sotiq aloqalarini, balki davlatlar va qit’alar o‘rtasida axborot almashuvini ta’minlashga xizmat qilgan, yangi mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi ekinlari tarqalishida, madaniy qadriyatlarning rivojlanishida muhim vosita vazifasini bajargan va shu tariqa sivilizatsiyalararo muloqot uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Bugun bu yo‘lning qayta tiklanishi deb baholanayotgan “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo va investitsiya sohalarida qulay sharoitlar yaratish, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim, madaniyat sohalarida hamkorlik salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutishi” haqida to‘xtalib o‘tgan edi. 2017-yil 23-24-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Xitoy Xalq respublikasining Shanxay xorijiy tillar universiteti bilan hamkorlikda “Buyuk Ipak yo‘lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, ta’lim va madaniyat” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Prezidentimizning yuqoridagi fikrlariga hamohanglikda o‘tkazildi.

IMG_3024

IMG_2993

IMG_2998

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi Buyuk Ipak yo‘lining jahon sivilizatsiyasi rivojlanishida tutgan o‘rni, O‘zbekiston, Xitoy va boshqa davlatlarning tili, ta’limi, madaniyati va tarixi, Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan davlatlarda umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda ularni ushbu davlatlarning tarixiy rivojlanishidagi roli, salmog‘i, shuningdek, xorijiy tillar ta’limining dolzarb muammolari, tilshunoslikning zamonaviy tahlil usullari kabilarni muhokama qilishdan iboratdir.

 IMG_3037 

IMG_3054  

Unda Shanxay xorijiy tillar universitetidan: Vang Ning, Vey Jinshen (XXR), Koreya Xankuk universitetidan Xvang Sungdon, Xalqaro JICA tashkilotidan Mariko Shishido va 10 dan ortiq institut va SamDCHTI qoshidagi Konfutsiy institutida faoliyat ko‘rsatatgan xorijiy o‘qituvchilar hamda O‘zDJTU, ToshDAU, TDSHI, FarDU, Qo’qonDPI, Andijon mashinasozlik instituti, ADU, NavDPI, QarDU, JDPI, TermDU, GulDU, UrDU, SamTI, SamDU, TATU, AVXTXQTUMOI, SamDAQI, SamMI, Nukus DPI kabi oliy ta’lim muassasalari, malaka oshirish institutlaridan  200 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar ishtirok etishdi.

IMG_3080 

Konferensiyaning Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan azim Samarqandda o‘tkazilishi ramziy ma’noga ega. Ushbu anjuman mamlakatlararo do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasizdir.

IMG_3022