Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

SamDCHTIga Jungbu Universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

 Joriy yilning 28-iyun kuni SamDCHTIga Xitoy Xalq Respublikasi Jungbu Universiteti prezidenti Guo Lihong boshchiligidagi 6 kishidan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

IMG_3884 

Mehmonlar bilan institut rektori I. Tuxtasinov, prorektorlar, dekanlar va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i o’rtasida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda SamDCHTIda xitoy tilining 2008 yildan buyon asosiy xorijiy tillardan biri sifatida  o‘rgatilib kelinayotganligi, xitoy tiliga qiziquvchilar soni oshib borayotganligi, institut va XXR oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan hamkorlik bitimlari, ikki davlat rahbarlari o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan, SamDCHTI qoshida ochilgan “Konfutsiy instituti” va uning faoliyati to‘g‘risida suhbatlashildi.

IMG_3879

IMG_3887

Guo Lihong Jungbu Universiteti haqida ma’lumot berar ekan, Jungbu universitetida SamDCHTI sobiq talabalari o’z faolligi va qobiliyatliligi bilan boshqa talabalardan ajralib turishini, universitet talabalari orasida o‘zbek tilini o‘rganishga qiziqish katta ekanligi, kelgusida Jungbu universitetida “O‘zbek tili o‘rgatish markazi” tashkil etish rejalashtirilayotganligini ta’kidladi.

IMG_3927 

Suhbat davomida, ikkala oliy ta’lim muassasi o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlik qilish, qo’shma konferensiyalar tashkil etish, talaba va o‘qituvchilar almashinish dasturi, malaka oshirish kurslari, doktorantlar almashinuvini yo’lga qo’yish hamda hamkorlikda turli xalqaro loyihalarda ishtirok etish kabi masalalarda fikr almashinildi.  

IMG_3911 

Uchrashuvdan so’ng mehmonlar institut bo‘limlari, til va madaniyat markazlari, o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. 

IMG_3924