Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Janubiy Koreyaning Gyeongsang Milliy Universiteti bilan SamDChTI o’rtasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Joriy yilning 1 iyul kuni institutga Janubiy Koreyaning Gyeongsang Milliy Universiteti prorektori professor In-Soo Kim boshchiligidagi ko’ngillilar guruhi tashrif buyurdi. 

IMG_4521

Mehmonlar bilan institut rektori I.Tuxtasinov, xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i O. Yusupov, tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani B. Odilov va koreys tili o’qituvchisi M. Baymatovalar ishtirokida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

IMG_4534

Institut rektori Gyeongsang Milliy Universiteti delegatsiyasiga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, SamDCHTI tarixi, bugungi kundagi faoliyati, uning mamlakatimiz va xalqaro hamjamiyatda tutgan o’rni va salohiyati haqida hamda institutda o’qitilayotgan xorijiy tillar, pedagogika va turizm sohalarida malakali mutaxassislar tayyorlanayotganligi haqida ma’lumot berdi.

IMG_4503

SamDChTIda Koreyaning bir qator universitetlari bilan fan-ta’lim, madaniy va ilmiy sohalarda hamkorlik aloqalari o’rnatilgani, buning natijasi o’laroq hamkorlikda talaba va professor-o’qituvchilar almashinuv dasturlari, qo’shma ilmiy-amaliy anjumanlar va seminar-treninglar tashkil etilib kelinayotganligi haqida ma’lumot berib o’tdi. O’z navbatida Gyeongsang Milliy Universiteti va SamDCHTI o’rtasida ham hamkorlik aloqalari o’rnatilayotganligidan mamnun ekanligini ta’kidladi.

Gyeongsang Milliy Universiteti prorektori professor In-Soo Kim janoblari samimiy qabul uchun institut rektoriga o’z minnatdorchiligini bildirib, Gyeongsang Milliy Universiteti haqida qisqacha ma’lumot berib o’tdi va SamDChTI bilan ta’lim, ilmiy-tadqiqot sohalari, talaba va professor-o’qituvchilar almashinuvi bo’yicha yaqindan hamkorlik o’rnatish istagini bildirdi. Shuningdek, hamkorlikda qo’shma anjumanlar tashkil etish, bitiruv malakaviy ishlari, magistratura dissertatsiyalariga masofaviy ilmiy maslahatchi va ilmiy rahbarlik qilishni tashkil etish orqali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish lozimligini ta’kidladi.

Uchrashuv so’ngida ikki oliy ta’lim muassasalari o’rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot, talaba va professor-o’qituvchilar almashinuvi sohalarida Bitim imzolashga kelishib olindi.

photo_2017-07-01_12-17-12

Gyeongsang Milliy Universiteti ko’ngillilari va SamDCHTI talabalari ishtirokida koreys va o’zbek milliy madaniyatiga bag’ishlangan madaniy tadbir ham tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: Gyeongsang Milliy Universiteti 1948 yilda tashkil etilgan. Universitetda 20 ta yo’nalish, jumladan marketing, biznes, injinering, qishloq xo’jaligi, ijtimoiy-gumanitar fanlar, tibbiyot, veterinariya va pedagogika fakultetlari mavjud. Universitetda 25 mingdan ortiq talabalar tahsil olishmoqda. Har yili 3250 nafar yangi talaba qabul qilinadi. Gyeongsang Milliy Universiteti hozirda Janubiy Koreyaning nufuzli ta’lim muassasalaridan bir hisoblanadi.

IMG_4545