Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi ma’ruzasi mazmun-mohiyatini o’rganish bo’yicha yig’ilish o’tkazildi

2017 yil 1 iyul kuni Samarqand davlat chet tillar institutida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 30 iyun kuni bo’lib o’tgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida so’zlagan ma’ruzasi mazmun-mohiyatini o’rganish yuzasidan professor-o’qituvchilar va talabalar bilan yig’ilish o’tkazildi.

1

2

3

Yig’ilishda institut rektori so’zga chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqida bildirilgan fikrlarni aytb o’tdi. Jumladan, tashkilot faoliyatiga tanqidiy baho berilib, faoliyatdagi jiddiy kamchilik va nuqsonlar aytib o’tilgani, aksariyat hollarda yoshlarnihyech kim eshitmasligi, hyech kim tushunmasligi, ular bilan hyech kim qiziqmasligi, rahbarlar esa o’zini o’ylash bilan ovora ekanligi, tashkilot uchun binolar yetishmasligi, ularning moddiy-texnik bazasi nochorligi, zarur mebel va inventarlar, aloqa va tashkiliy texnika vositalari bilan yetarlicha ta’minlanmagani, xizmat mashinalari yo’qligi ham ishga salbiy ta’sir ko’rsatayotgani, mamlakatimizda yoshlarning chinakam suyanchi va tayanchi bo’la oladigan mutlaqo yangi tashkilot – O’zbekiston yoshlar ittifoqini tashkil etilganini ta’kidladi hamda yoshlar ittifoqi rahbari ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati bo’yicha davlat maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borishi, shu bilan birga, u Prezident farmoniga binoan Oliy Majlis Senati a’zosi etib tayinlanishi, tashkiilotda faoliyati ko’rsatayotgan rahbar va xodimlargi qator imtiyozlar yaratilgani, har yili “Eng kitobxon maktab”, “Eng kitobxon mahalla”, “Eng kitobxon oila” kabi yo’nalishlarda tanlovlar o’tkazilishi, “Mard o’g’lonlar” nomli Davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etilgani to’g’risida ma’lumotlar berildi.

4

5

Yig’ilishda shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov so’zga chiqib, tashkilotning yangi rahbari, uning vakolatlari, tashkilotning moddiy-texnik holati va yoshlarga yaratiladigan qator imkoniyatlari yuzasidan o’z fikrlarini bildirdi.

6

7

Yig’ilish so’ngida professor-o’qituvchilar va talabalar ham o’z fikrlarini bildirib, yoshlarga qaratilayotgan bunday e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirishdi.