Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyalariga o‘tkazilgan tanlovning I - bosqichi to‘g‘risida

Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyaci hamda nomli davlat stipendiyalariga nomzodlarni tanlash jarayonini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktyabrdagi 226-sonli “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2017-2018-o‘quv yili uchun institutda 2017-yil iyun oyida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Davlat stipendiyalariga o‘tkaziladigan tanlovning birinchi bosqichi institut rektorining  2017-yil 30-maydagi 303-sonli buyrug‘iga asosan o‘tkazildi.

         Barcha fakultetlarga, kafedralarga e’lonlar tarqatildi. Tanlovning 1-bosqichida ishtirok etish uchun faqat a’lo baholarga o‘qiydigan va jamoat ishlarida faol, ilmiy maqolalar chop etgan talabalar va magistrantlarning ilmiy, ijodiy va boshqa turdagi ishlaridan iborat yig‘ma jildlari qabul qilindi.

         Tanlovni I - bosqichini institutda uyushqoqlik va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida institut rektori rahbarligida prorektorlar, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilardan iborat komissiya tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanloviga:

  1. Xasanova Yulduz – (Lingvistika: 5A120102 ingliz tili 1-kurs magistranti)
  2. Musaeva Aziza – (Lingvistika: 5A120102 ingliz tili 1-kurs magistranti)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanloviga:

  1. Karimov Jamshid – (Roman-german tillari fakulteti 3-kurs, nemis tili yo‘nalishi)
  2. Raxmatullaeva Guljaxon – (Roman-german tillari fakulteti 3-kurs, ingliz tili yo‘nalishi)

Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasiga tanloviga:

  1. Faleeva Anastasiya – (Ingliz tili fakul’teti 3 kurs)
  2. Yorqulov Muhammadmurod – (Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakul’teti  3-kurs, tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi)
  3. Niyazova Ruxsora – (Ingliz tili fakul’teti 2-kurs)

Islom Karimov nomidagi stipendiyasiga tanloviga:

  1. Ashurova Zarina – (Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakul’teti 3-kurs, tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi)
  2. Nuriddinov Abdullatif – (Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakul’teti 2-kurs, tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi)

3. Shukurova Farida – (Roman-german tillari fakul’teti 3-kurs, ingliz tili yo‘nalishi)

Samarqand davlat chet tillar instituti 2017 yil 29 iyun 12-sonli Kengashida “Iqtidorli talabalar, magistrantlar safidan Prezident hamda Davlat stipendiyalariga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida”gi masala ko‘rildi. ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Ashurov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Navoiy hamda Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyalariga tavsiya etilayotgan nomzodlar haqida to‘liq ma’lumot berdi 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Navoiy hamda Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyalariga tavsiya etilayotgan nomzodlarni yashirin ovoz berish yo‘li bilan tavsiya etish maqsadida Kengash a’zolari tarkibidan 3 kishilik sanoq komissiyasi (Sanoq komissiyasi raisi: dotsent. B.Primov a’zolar dotsent. M.Begmatov, o‘qituvchi N.Amriddinova) tuzildi.

Yopiq ovoz berish natijalari bo‘yicha

SamDCHTI lingvistika: 5A120102 ingliz tili 1-kurs magistranti Xasanova Yulduz varoman-german tillari fakulteti, nemis tili yo‘nalishi 3-kurs, Karimov Jamshid chet tillar yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi tanlovida qatnashish uchun tavsiya etildi;

SamDCHTI ingliz tili fakul’teti 3-kurs talabasi Faleeva Anastasiya va tarjima nazariyasi va amaliyoti fakul’teti, tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi 3-kurs talabasi Yorqulov Muhammadmurod chet tillar yo‘nalishi bo‘yicha Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi tanlovida qatnashish uchun tavsiya etildi.

SamDCHTI tarjima nazariyasi va amaliyoti fakul’teti, tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi 3-kurs talabasi Ashurova Zarina va tarjima nazariyasi va amaliyoti fakul’teti, tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi 2-kurs talabasi Nuriddinov Abdullatif chet tillar yo‘nalishi bo‘yicha Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi tanlovida qatnashish uchun tavsiya etildi.