Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Samarqand davlat chet tillar institutida o’qishga qabul qilish jarayoni yakunlanmoqda

Samarqand davlat chet tillar institutida 2017/2018  o’quv yilida abituriyentlarni o’qishga qabul qilish jarayoni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 maydagi “2017/2018 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish to’g’risida”gi PQ-2955-son hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarorlari asosida tashkil etilmoqda.

Abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayonida qulaylik yaratish maqsadida “Ota-onalar xonasi”, “Harbiy tavsiyanomaga ega bo’lgan abituriyentlardan hujjat qabul qilish xonasi” hamda “Tibbiyot xonasi” tashkil etildi.

1

Institut hududi va qabul komissiyasi faoliyat ko’rsatayotgan joyda abituriyentlar va ularning ota-onalari dam olishlari uchun o’rindiqlar qo’yilib, ovqatlanish joylari tashkil qilindi va yaxna ichimliklar savdosi muntazam ravishda faoliyat ko’rsatdi.

2

Institutga hujjat topshirish uchun kelgan abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun kasbga yo’naltirish bo’yicha lavhalar, shuningdek, qabul jarayonida ta’magirlik holatlarining sodir bo’lishini oldini olish maqsadida korrupsiyaga qarshish bo’yicha bannerlar tayyorlanib, barcha uchun ko’rinarli joylarda yoritildi, bundan tashqari tajribali professor-o’qituvchilar tomonidan kasbga yo’naltirish bo’yicha targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

3

Abituriyentlardan qabul qilingan hujjatlari bo’yicha ma’lumotlar har kuni e’lonlar taxtasida hamda institut veb-saytida yoritib borildi.

2017 yilning 14 iyul holatiga ko’ra jami 4538 nafar abituriyent hujjat topshirgan bo’lib,  umumiy tanlov ko’rsatkichi (konkurs) 7,51 nafarni tashkil etmoqda.

4

Qabul jarayoni 2017 yilning 15 iyul kuni oxirgi abituriyent topshirguniga qadar davom etadi.