Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ilmiy seminar

O‘zDJTU mustaqil izlanuvchisi Sabirova Gulnoza Sadiqovnananing “Umumta’lim maktablari o‘quvchilariga ingliz tili olmoshlarini axborot texnologiyalari asosida o‘rgatish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishiga etakchi tashkilot sifatida SamDCHTI tanlangan. Shu munosabat bilan 2017 yil  19 iyul kuni institutda ilmiy seminar tashkil etildi. Seminarda sohaga tegishli professor-o‘qituvchilar va doktorantura va tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda yosh professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Sabirova Gulnoza mavzu bo‘yicha qisqacha ma’ruza qildi. Ma’ruzadan keyin taqrizchilar professor M.Lutfullaev va f.f.n. Sh.Shomurodovalar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Seminar so‘ngda ma’ruzachi ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga javob berdi.

IMG_7334

Seminar yakunida soha olimlari tomonidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyaning yutuq va kamchiliklari bo‘yicha fikr hamda takliflar berildi. 

 

IMG_7332

IMG_7335

IMG_7337

IMG_7343

IMG_7351