Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Korrupsiyani oldini olish yuzasidan yig’ilish o’tkazildi

2017 yil 21 iyul kuni institut faollar zalida professor-o’qituvchilar va rahbar-xodimlar bilan ta’lim sohasida aholi, xususan oliy ta’lim sohasida talabalar, professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlar uchun adolatli shart-sharoitlar hamda teng imkoniyatlarni yaratish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan yig’ilish o’tkazildi.

1

2

Yig’ilishni institut rektori kirish so’zi bilan ochib, yurtimizda O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori asosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha keskin choralar ko’rilayotgani to’g’risida gapirib, 1 avgust kuni Oliy o’quv yurtlariga kirish uchun bo’lib o’tadigan test sinovlarini adolatli, shaffoflik va ochiqlikni ta’minlagan holda o’tkazish lozimligiga to’xtalib o’tdi. Ayrim oliy o’quv yurtlarida ba’zi shaxslar tomonidan o’qishga kiritib qo’yishni va’da qilib, fuqarolardan aldov yo’li bilan pul undirib, ularni chuv tushirib ketayotgan holatlar uchrab turganligiga alohida e’tibor qaratib, ularning bu qilmishlari oliy ta’lim tizimiga dog’ bo’layotganligini ta’kidladi va institutda bu kabi holatlarga yo’l qo’ymaslik lozimligini uqtirdi.

3

4

5

Shundan so’ng “O’zbekiston” milliy teleradikompaniyasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha suratga olingan hujjatli film namoyish etildi.

6

7

Yig’ilishda o’quv ishlari bo’yicha prorektor F.Ro’ziqulov va qabul komissiyasi mas’ul kotibi O.Yusupovlar ham o’z fikrlarini bildirib o’tishdi.

8