Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Germaniyaning Humboldt universiteti bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko’tarilmoqda

Institut nemis tili yo’nalishi bo’yicha Germaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi, Humboldt universiteti va Frayburg pedagogika universitetlari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirib bormoqda.

IMG_7467

24 iyul kuni Germaniyaning Humboldt universiteti xalqaro ofisi xodimlari Dr. Mattias Parske va Karolina Kozikovskalar ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi.

IMG_7469

 

Mehmonlar bilan institut rektori I. Tuxtasinov va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i o’rtasida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

 

Institut rektori mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, institut va roman-german tillari fakulteti nemis tili yo’nalishi haqida umumiy ma’lumotlar berdi.

IMG_7500

Har yili institutning 2-3 nafar o’qituvchisi DAAD tashkiloti, Robert Bosh jamg’armasi va Erazmus+ dasturlari ko’magida Germaniyaning turli o’niversitetlarida malaka oshirib qaytishmoqda. Shuningdek, 4-5 nafar nemis tili yo’nalishi talabalari DAAD tashkiloti granti asosida Germaniyaning turli OTMlarida yozgi til kurslarida ta’lim olib qaytishmoqda, xususan, joriy yilning avgust oyida ham 4 nafar talabaning bir oylik til kurslarida o’qishga tayyorgarlik ko’rishmoqda.

IMG_7504

Germaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi va Toshkentdagi Gyote instituti tomonidan institutda turli mavzularda seminar‑treninglar, master-klasslar, davra suhbati va adabiy tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda.

Suhbat davomida, ikkala oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlik qilish, qo’shma konferensiyalar tashkil etish, talaba va o‘qituvchilar almashinish dasturi, malaka oshirish kurslari, doktorantlar almashinuvini yo’lga qo’yish hamda hamkorlikda turli xalqaro loyihalarda ishtirok etishni rivojlantirishga kelishib olindi.