Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Fransiyaning O’zbekistondagi elchisi Violen de Vilmor xonimning Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrifi

2017 yil 2 avgust kuni Fransiyaning O’zbekistondagi elchisi Violen de Vilmor xonim Samarqand davlat chet tillar institutiga rasmiy tashrif buyurdi.

IMG_8264

Yuqori martabali mehmonni Institut rektori va Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i kutib olishdi. Uchrashuv avvalida institut rektori Violen de Vilmor xonimga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, SamDCHTI tarixi, bugungi kundagi faoliyati, uning mamlakatimiz va xalqaro hamjamiyatda tutgan o’rni va salohiyati haqida hamda institutda o’qitilayotgan xorijiy tillar, pedagogika va turizm sohalarida malakali mutaxassislar tayyorlanayotganligi, shuningdek, fransuz tili yo’nalishi haqida ma’lumot berdi.

IMG_8275

Violen de Vilmor xonim o’z navbatida samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, elchixona tomonidan O’zbekistonda fransuz tili va madanayatini o’rgatish hamda sohaga oid boshqa hamkorlik aloqalari, hususan, Samarqand shahrida nodavlat notijorat tashkiloti Fransuz alyansi filialini tashkil etish rejalashtirilayotganligini, bu borada SamDChTI bilan yaqin hamkorlik aloqalarini kengaytirishdan minnatdor ekanligini bildirdi.

IMG_8278

SamDChTI rektori bu borada institut yaqin hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini, shu bilan birga talabalarning qiziqishini oshirish va mahalliy o’qituvchilarning tajriba almashishlarini yaxshilash uchun institutga bir nafar fransuz mutaxassisini jalb etish taklifini bildirdi.

IMG_8285

Muzokaralar davomida joriy o’quv yilida elchixona tomonidan SamDChTIga fransuz tili va adabiyotidan dars berish maqsadida bir nafar fransiyalik mutaxassis jalb etish, mutaxassisni turar joy, ofis, auditoriya va boshqi shart-sharoitlar bilan ta’minlash masalalari borasida kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari SamDChTIga fransuz stajyorlarini jalb etish va ularning bu erda pedagog-xodimlar va talabalar bilan ishlashlariga sharoit yaratish borasida kelishib olindi.

 

SamDChTI Xalqaro aloqalar bo’limi