Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Tayloq tumanidagi “Yoshlar istirohat bog’i”da “Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasi” o’tkazildi

2017 yilning 2 avgust kuni Tayloq tumanidagi “Yoshlar” istirohat bog’ida maxsus hisobga olingan fuqarolar va ularning oila a’zolari ishtirokida “Fidoying bo’lgaymiz seni O’zbekiston!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo’lib o’tdi.

1

Tadbir doirasida “Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasi” hamda tuman hokimining hududdagi maxsus hisobga olingan fuqarolar, ularning farzandlari, urush va mehnat faxriylari hamda faol yoshlari bilan uchrashuvi o’tkazildi.

O’tkazilgan mehnat yarmarkasida tumandagi 50 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasalar jalb etilib, unda ishtirok etayotgan korxona va tashkilotlar o’zlarida mavjud bulgan 100ga yaqin bo’sh (vakant) ish o’rni hamda ajartilgan kvota ish o’rinlari bilan ishtirok etishdi.

3

O’zlariga ma’qul keladigan ish qidirib, kelgusida o’z kasblari va mutaxassisliklari bo’yicha ma’lum bir ish o’rniga ega bo’lish maqsadida mehnat yarmarkasida ishtirok etgan ishsiz fuqarolardan 33 nafariga ishga joylashishi uchun yo’llanmalar berildi va ularni ishga joylashtirish uchun shartnomalar tuzildi. Shundan 11 nafari xotin-qizlarni, 13 nafari (18 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan) yoshlarni tashkil etib, ishga joylashtirilganlarning 9 nafari kasb-hunar kollejlarini tamomlagan yoshlardir.

4

Shuningdek, tuman hokimi hududdagi maxsus hisobga olingan fuqarolar, ularning farzandlari, urush va mehnat faxriylari hamda faol yoshlari bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi va ularga tuman yoshlar ittifoqining futbolka, kepka, kitoblar ham da faxriy yorliqlari tarqatildi.

5

Tadbirda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini mustaqillik bayramining 26 yilligi bilan tabriklab, faol yoshlarga faxriy yorliqlar topshirdi.

Tadbirning tashkil etilishi Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan nazorat qilib borildi.