Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Xorijiy davlatlarning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalariga malaka oishirish, stajirovka o‘tash, magistratura hamda PhD dasturlari bo‘yicha ingliz tilidan o‘quv kurslari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori tasdiqlangan 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksida  belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 31 iyuldagi 525-sonli buyrug‘iga asosan Samarqand davlat chet tillar institutida oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy davlatlarning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalariga malaka oishirish, stajirovka o‘tash, magistratura hamda PhD dasturlari bo‘yicha o‘qishga yuborilayotgan nomzodlarning ingliz tili ko‘nikmalarini takomillashtirish uchun 2017 yil 7 avgustdan o‘quv kurslari tashkil etildi. O‘quv kurslari 73 nafar nomzodlarga SamDU va SamDCHTIdan 14 nafar trenerlar tomonidan olib borilmoqda. SamDUda 31 nafar nomzodlar, SamDCHTIda 42 nafar nomzodlar. Tayyorlov kurslari uchun xonalarda barcha sharoitlar yaratilgan, jumladan Britaniya Konsulligi tomonidan taqdim etilgan kitoblar, nusxa ko‘chirish, chop etish apparatlari va proektorlar bilan jihozlangan. Ingliz tili o‘quv kurslari reja-grafik asosida 3 hafta davom etadi.

IMG_8299

IMG_8301

IMG_8302

IMG_8303

IMG_8304

IMG_8306

IMG_8307

IMG_8309

IMG_8310

IMG_8311