Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Test natijalari e’lon qilindi

Bugun 15-avgust kuni Samarqand davlat chet tillar institutida test natijalari e’lon qilindi. Abiturientlar o’zlari hujjat topshirgan yo’nalishlari bo’yicha tegishli fakul’tetlar binolarida test natijalarini bilan tanishishlari mumkin.

O’rnatilgan kvota doirasidagi qabul chegaralariga 4 (to’rt) ballgacha va undan ortiq ball yetmagan va to’plash mumkin bo’lgan eng yuqori ballning 30% (68,0 ball) dan kam bo’lmagan ball to’plagan qo’shimcha oshirilgan to’lov-kontrakt asosida o’qish istagida bo’lgan abiturientlar joriy yilning 10 oktabriga qadar institut Qabul komissiyasiga ariza berishlari mumkin.

Oshirilgan to’lov-kontrakt miqdori amalda o’rnatilgan to’lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

-       To’plagan ballari tasdiqlangan to’lov-kontrakt bo’yicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha yetmagan abiturientlar uchun – 1,5 barobar;

1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,0 barobar;

2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,5 barobar;

3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun – 3,0 barobar.

Kirish sinovlarida to’plagan natijalari eng yuqori ballning 30% (68,0 ball) dan kam bo’lmagan ball to‘plagan va o’qish istagini bildirgan abiturientlarga birinchi o’quv yiliga amalda o’rnatilgan to’lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorda to’lov to’lash sharti bilan o’qishga kirish huquqi beriladi:

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili – 10 (o’n) barobar;

Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili – 15 (o’n besh) barobar;

Filologiya va tillarni o’qitish: nemis tili – 15 (o’n besh) barobar;

Filologiya va tillarni o’qitish: fransuz tili – 15 (o’n besh) barobar;

Filologiya va tillarni o’qitish: ispan tili – 15 (o’n besh) barobar;

Filologiya va tillarni o’qitish: italyan tili – 15 (o’n besh) barobar;

Filologiya va tillarni o’qitish: arab tili – 15 (o’n besh) barobar;

Filologiya va tillarni o’qitish: xitoy tili – 15 (o’n besh) barobar;

Filologiya va tillarni o’qitish: koreys tili – 15 (o’n besh) barobar;

Filologiya va tillarni o’qitish: yapon tili – 15 (o’n besh) barobar;

Tarjima nazariyasi va amaliyoti – 15 (o’n besh) barobar;

Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar bo’yicha to’lov-kontrakt shartlari birinchi o’quv yili uchun to’liq bajarilgandan so’ng abiturient oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug’i bilan o’qishga qabul qilinadi.

Respublika oily ta’lim muassasalarida bakalavriyat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bitta talabani bir yillik o’qitishning (2017/2018 o’quv yili uchun) amaldagi qiymati:

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili - 6650 000 (olti million olti yuz ellik ming) so’m;

Filologiya va tillarni o’qitish: tillar bo’yicha – 7250 000 (etti million ikki yuz ellik ming) so’m.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti – 7250 000 (etti million ikki yuz ellik ming) so’m.

IMG_8401

IMG_8412

IMG_8418

 

SamDCHTI Qabul komissiyasi