Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

“Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivali hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yillik bayrami munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar institutida 2017 yil 19-20 avgust kunlari umumxalq hashari tashkil etilmoqda. Umumxalq hashariga barcha talabalar, professsor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar jalb etilmoqda.
Hashar davomida institutga biriktirilgan Samarqand shahridagi Bo‘stonsaroy ko‘chasi hududi va uning atrofidagi ariq va zovurlar, shuningdek, institut hududi, shu jumladan, uning atrofidagi ariq-zovurlar, institut bosh binosining ichki va tashqari qismlari, talabalar turar joyi binosi atroflari, fakulьtetlar binolari atroflari maishiy va qurilish chiqindilaridan tozalanmoqda, daraxtlar atrofi tozalanib, tagi yumshatilmoqda va shakl berilib, oqlanmoqda. Institut hovlisi va uning atrofiga gullar ekilmoqda.

20170819_094032

20170819_094126

20170819_100303

20170819_101809

20170819_101957

20170819_102330

20170819_102919

20170819_103523

20170819_103613

20170819_103907