Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Samarqandda «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali o’n birinchi bor o’tkazilmoqda

Navqiron Samarqand shahrimizda bu yil o’n birinchi bor «Sharq taronalari» XI xalqaro musiqa festivali o’tkazilmoqda. Bu yilgi festivalda oltmishdan ortiq mamlakatdan 600 nafarga yaqin ishtirokchilar, shu jumladan, ijodiy jamoalar, san’atkorlar, musiqashunos va olimlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

223024354_960467

Samarqand shahrida bo’lib o’tayotgan Sharq taronalari XI xalqaro musiqa festivalida Samarqand davlat chet tillar institutining 150 nafar talaba, magistrantlari va pedagog-xodimlari gid-ekskursovod va tarjimon sifatida ishtirok etishmoqda.

DSC_0469 

SamDChTIda mart oyidan boshlab Sharq taronalari XI xalqaro musiqa festivaliga qizg’in tayyorgarlik ko’rildi. Tarjimonlar uchun mutaxassislar ishtirokida Hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan Qarorlar, O’zbekiston Respublikasida, jumladan Samarqand viloyati va Samarqand shahrida iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, qurilish-obodonchilik ishlari, Samarqand shahri tarixi va tarixiy obidalari haqida nazariy va amaliy seminar-treninglar tashkil etildi.

photo_2017-08-26_22-48-15 

SamDChTI pedagog-xodimlari tomonidan Samarqand shahridagi muzeylar, tarixiy obidalar, ziyoratgohlar tarixini ilmiy va tarixiy faktlarga asoslangan holda mutaxassis-olimlar ishtirokida tayyorlangan ekskursiya matlari xorijiy tillarga tarjima qilindi.

photo_2017-08-27_15-24-33 

Barcha volontyor-tarjimonlar maxsus kiyimlar bilan va beyjiklar bilan ta’mindi.

Festival ishtirokchilari va meqmonlarini kutib olish va meqmonxonalarga joylashtirish, ularga yuqori sifatli gid-ekskursovod va tarjimonlar xizmatlarini ko’rsatish, Samarqand viloyati va Samarqand shahri bo’ylab sayohatlar tashkil etish kabi tashkiliy jarayonlar amalga oshirilmoqda

photo_2017-08-27_15-24-52 

Ko’p yillardan bo’yon Samarqand shaqrida o’tkazilib kelinayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali milliy musiqa san’atini rivojlantiribgina qolmay, ko’plab mamlakatlar o’zining ma’naviy salohiyatini namoyish etadigan, turli mamlakat vakillari tajriba va bilim almashadigan, shuningdek xalqimiz san’atini to’liqligicha namoyish etadigan bayram sifatida e’tirof etib kelinmoqda.

photo_2017-08-27_15-30-11 

Festival doirasida 27-30 avgust kunlari YuNESKO xalqaro tashkiloti hamkorligida “Jahon sivilizasiyasi tarixida O’rta Osiyo renessansi” mavzusidagi ilmiy-nazariy anjumani o’tkazilishi kutilmoqda. Mazkur konferensiyada 160 nafar xorijiy ishtirokchilar tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Ayni kunlarda meqmonlarni kutib olish va konsert dasturlarini yuqori saviyada o’tkazish jarayoni qizqin davom etmoqda.