Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Xorijdan maktub

yaman

Odamning shaklu shamoyili, bo’y - basti, ko’rinishi, jussasi, tusi , ko’z qarashlari yurish - turushi, ovozi tarovati, xullas ichki va tashqi dunyosi u tavallud topgan, o’nib-o’sgan joyga mоnand bo’ladi deyiladi. Haqiqatdan ham, insonning butun hulqi uning hattoki ko’rinishi ham uzi yashagan voyaga yetgan joyga hamohangdir. Tug’ilib o’sgan joyimiz, Vatanimizning har bir giyohi, uning bir siqim tuprog’i ham ko’zimizga mehriguyodek tovlanadi va o’ziga tortadi. Beixtiyor, menga Vatan nima deb savol bersa men shunday javob berardim: Vatan - onamning yurakdan taralgan allasi, mening ilk qadam izlarim jo bo’lgan zamin. Ota - bobolarim hoki-poyi qo’nim topgan maskan. Vatan - farzandlarimning jarangdor kulgusi aks sado berib turadigan go’shadir. Vatanni sevish uni ardoqlash tuyg’usi muqaddas tuyg’u. Hozirgi kunda men Yemen Arab Respublikasida kontrakt asosida shifokor bo’lib ishlayman. Biror kunimiz yo’qki, O’zbekistonni yodga olmasak, Gospitalimizda 21- mart Navro’z kuni, 1-sentabr Mustaqillik kunlarini katta bayram qilib nishonlaymiz. Mening ikki nafar farzandim, hozir ona Vatanim O’zbekistonda oliygoh talabalari. Men doim bundan faxrlanaman. Ug’lim Turabov Ulug’bek Samarqand Qishloq  xo’jaligi instituti talabasi. Qizim  Turabova Zarina ham Samarqand Davlat Chet tillar instituti talabasi. Ular menga xat yozganida doim o’z institutini maqtab ustozlarining ularga berayotgan ta’lim tarbiyasi haqida yozishadi. Ularniing shunday ulug’ dargohlarda sog’-salomat tahsil olayotganlaridan faxrlanaman Ularning Vatanimizga, prezidentimizga sodiq farzandlar bo’lib voyaga yetayotganligidan shodman. Mana bugun yurtimiz osmoni musaffo, diyorimiz obod. Ona diyorim O’zbekistonimning ulug’ va muqaddas bayrami Mustaqillik kuni bilan barcha Samarqandliklarni, yurtdoshlarimni, yaqinlarimni, oila-a’zolarimni, qolaversa, farzandlarimga ta’lim-tarbiya berayotgan oliy dargoh, Samarqand Davlat Chet tillar instituti rahbariyatini va professor – o’qituvchilarini Mustaqilligimizning 26 yilligi bilan tabriklayman. Ularga yoshlarga ta’lim –tarbiya berishda sog’liq-salomatlik, ustozlik kasblariga zafarlar yor bo’lsin.

Yurtboshimiz sog’ va omon bo’lsinlar, yurtimiz hamisha tinch va farovon bo’lsin!

Husanov O’ktam,

 (Yaman arab Respublikasi, Shifokor).