Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Institut rektorining tabrik so'zi

IMG_1207

Mana shu unutilmas, shukuhli damlarda Siz, aziz hamkasblar, hurmatli ustozlar, institutimiz jamoasi, qadrli talabalar hamda butun O’zbekiston xalqini — barcha-barchangizni qutlug’ qadamlar nishonlayotgan O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi va musulmon olamining eng aziz bayramlaridan biri bo’lgan qurbon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklab, samimiy tilaklarimni izhor etishni o’zim uchun katta baxt deb hisoblayman.

Sizlarga shuni aytmoqchimanki, davlatimiz Mustaqilligi bugun tom ma’noda xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayramlaridan biriga aylandi. Aynan Mustaqillik tufayli biz o’zligimizni angladik, azaliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni qayta tikladik. Ana shunday qadriyatlarimizdan biri bu qurbon hayitidir. Ushbu ulug’ kunda barcha joyda qurbonliklar qilinib, beva-bechoralarga, yetim-yesirlarga taqdim etiladi. Bemorlar, muhtojlar, uzoq va yaqin qarindoshlar holidan xabar olinadi. Odamlar bir-birlarining ko’nglini ko’tarishib, o’zlarining ezgu niyatlarini bildirishadi. Bularning bari Mustaqilligimzning sharofatidir.

Bugun Mustaqilligimiz tarixida yangi bir davr boshlangan bir paytda xalqimiz manfaatlarini hisobga olib, oldimizda turgan buyuk maqsadlarimizga erishish, har tomonlama bilimli, zukko, dunyo yoshlari bilan bemalol bellasha oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda ma’nan yetuk va sog’lom avlodni tarbiyalash yo’lida Siz aziz ustozlarning qilayotgan xizmatlaringiz beqiyosdir.

Aziz yurtdoshlar, muhtaram jamoa, hurmatli talabalar!

Bugungi qo’shaloq ayyom kunlarida qalbimdagi eng ezgu tilaklarimni bildirib, betakror Vatanimiz ravnaqi yo’lida sadoqat bilan xizmat qilishdan hyech qachon tolmaylik, deb qolaman.

Barchangizning xonadoningizda tinchlik, sog’lik-omonlik va xursandchilik, to’kin-sochinlik bo’lishini, yurtimiz yanada obod bo’lib, yanada chiroy ochib ravnaq topishini, barcha-barcha ezgu niyatlaringiz ro’yobga chiqishini tilayman!

O’zbekistonimiz doimo gullab-yashnayversin! 

Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!

 

SamDChTI rektori

I. Tuxtasinov