Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Talabalikka bag’ishlov” tadbiri o’tkazildi

Yangi o’quv yilining boshlanishi munosabati bilan 2017 yil 2 sentyabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Talabalikka bag’ishlov” tadbiri o’tkazildi.

1

 6

Institut hovlisida barcha birinchi kurs talabalari yig’ilishdi. Tadbirda institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori F.Ro’ziqulov, professorlar N.Turniyazov, R.Shodiyev, ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri D.Amriddinovalar so’zga chiqishib, talabalarni yangi o’quv yilining boshlanishi va talabalik baxtiga muyassar bo’lganligi bilan qutlashdi hamda institutimizda ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar to’g’risida ma’lumot berishib, ularga institutda ta’lim olishi jarayonida barcha fanlarni chuqur o’zlashtirishi va yurtimizga xizmat qiladigan malakali mutaxassislar bo’lib yetishishini tilashdi.

2

 3

Tadbirda joriy yilda talabalikka qabul qilingan Tursunova Mavsuma so’zga chiqib, bu yili talabalik baxtiga muyassar bo’lganlidan naqadar baxtli ekanligini aytib, institutda ta’lim olishi jarayonida buyuk ajdodlarimiz kabi chet tillarini puxta egallab, yurtimizda ilm-fanning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shishini va bunday ezgu niyatlarni u bilan birga talabalikka qabul qilingan barcha tengdoshlari ham hoxlayotganligini aytib o’tdi.

 4 

5

Uchrashuv so’ngida insititut o’quv ishlari bo’yicha prorektori F.Ro’ziqulov barcha talabalarga omad tiladi va dars mashg’ulotlari boshlanganini e’lon qildi. Shundan so’ng talabalar o’z guruhlariga bilan “Xotira darsi” va “Mustaqillik darsi”ni o’tish uchun o’zlariga biriktirilgan auditoriyalarga jo’nab ketishdi.