Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

AQShning O’zbekistondagi elchixonasi xodimlarining SamDChTIga tashrifi

14 sentabr kuni  AQSh davlat kotibining yordamchisi o’rinbosari vazifasini bajaruvchisi Nini Forino, Davlat departamentining Markaziy Osiyo bo’yicha ijtimoiy munosabatlar bo’limi boshlig’i Djennifer Miller va AQShning O’zbekistondagi elchixonasi jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi boshlig’i John Brownlar institutga tashrif buyurdi.

IMG_8819

Institut rektoratida bo’lib o’tgan rasmiy uchrashuvda rektor I.Tuxtasinov, prorektorlar Sh.Ashurov va F.Ro’ziqulov, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i O.Yusupov, Ingliz tili fakulteti dekani A.Ismailovlar ishtirok etishdi.

IMG_8829

Uchrashuv avvalida rektor I.Tuxtasinov mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, SamDChTI va ingliz tili fakulteti to’g’risida qisqacha ma’lumot berdi. Jumladan, institut xalqaro aloqalari, xorijiy universitetlar bilan hamkorlik,  o’qituvchi va talabalar almashinuvi, SamDChTIda faoliyat olib borayotgan xorijlik mutaxassislar, ingliz tilini o’rganuvchi talabalar soni hamda yaratilgan sharoitlar to’g’risida gapirib o’tdi. Shuningdek, bir necha yillardan beri AQSh elchixonasi ko’magida SamDChTIda amerikalik malakali mutaxassislar talabalarga ingliz tili va adabiyotidan saboq berib kelayotganligi uchun minnadorchilik bildirdi.

IMG_8832

Tomonlar shuningdek, ta’lim sohasida kelajakda ilm-fan va ta’lim sohasida keng hamkorlik olib borish masalalarini muhokama qilishdi.

IMG_8873

Rasmiy uchrashuvdan so’ng delegatsiya vakillari Ingliz tili fakultetida tashkil etilgan “Amerika adabiyotlari kutubxonasi” bilan tanishishdi. (2016-2017 o’quv yilida AQSh elchixonasi tomonidan 60 turdagi 200 dona ingliz tili darsliklari, o’quv adabiyotlari hamda bir komplekt kompyuter va televezor taqdim etilgan).

IMG_8940

IMG_8972

Kutubxonada delegatsiya a’zolari bilan Ingliz tili fakulteti o’qituvchilari hamda talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.