Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Diqqat e'lon

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Samarqand davlat chet tillar instituti Tayanch doktoranturaga (PhD) 2018 yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo’yicha qabul e’lon qiladi:

 

  1. 09.00.03 – “Falsafa tarixi”
  2. 10.00.02 – “Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi”
  3. 10.00.04 – “Yevropa, Amerika, Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti”
  4. 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va

tarjimashunoslik”

  1. 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment”

Kerakli hujjatlar:

Rektor nomiga ariza, qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka), mehnat daftarchasining belgilangan tartibdagi tasdiqlangan nusxasi, oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxasislik dasturlari bo’yicha) to’g’risida diplom nusxasi, nashr etilgan ilmiy ishlar ro’yxati, shuningdek ularning nusxalari, yetakchi olimlardan birining ilmiy maslahatchilik qilish uchun rozilik xati, pasport nusxasi, 4 dona rangli fotosurat, tibbiy ma’lumotnoma.

 

Doktoranturaga (DSc) 2018 yil uchun quyidagi ixtisoslik bo’yicha qabul e’lon qiladi: 

10.00.02 – “Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi”

 

Kerakli hujjatlar:

Rektor nomiga ariza, qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka), mehnat daftarchasining belgilangan tartibdagi tasdiqlangan nusxasi, oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo’lganligi to’g’risidagi diplom nusxasi, tadqiqot mavzusi bo’yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasin olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertasiyasi rejasining mufassal loyihasi, nashr etilgan ilmiy ishlar ro’yxati, shuningdek ularning nusxalari, yetakchi olimlardan birining ilmiy maslahatchilik qilish uchun rozilik xati, pasport nusxasi, 4 dona rangli fotosurat, tibbiy ma’lumotnoma.

 

Mustaqil izlanuvchilar institutiga 2018 yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo’yicha qabul e’lon qiladi:

  1. 09.00.03 – “Falsafa tarixi”
  2. 10.00.02 – “Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi”
  3. 10.00.04 – “Yevropa, Amerika, Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti”10.00.06 – “Qiyosiy-tarixiy, tipologik va chog’ishtirma tilshunoslik lingvistik tarjimashunoslik”
  4. 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment”

 

Kerakli hujjatlar:

Rektor nomiga ariza, qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka), mehnat daftarchasining belgilangan tartibdagi tasdiqlangan nusxasi, oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo’lganligi to’g’risidagi diplom nusxasi, tadqiqot mavzusi bo’yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasin olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertasiyasi rejasining mufassal loyihasi, nashr etilgan ilmiy ishlar ro’yxati, shuningdek ularning nusxalari, yetakchi olimlardan birining ilmiy maslahatchilik qilish uchun rozilik xati, pasport nusxasi, 4 dona rangli fotosurat, tibbiy ma’lumotnoma.

Qabul O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.

 

Hujjatlar 2017 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha Ilmiy bo’limda qabul qilinadi.

Murojaat uchun manzil: Samarqand shahri, Bo’stonsaroy ko’chasi, 93 uy.

Telefonlar: 233-78-73, 233-78-43.