Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Yaponiyaning Nagoya universiteti delegasiyasi SamDChTIda

2017 yilning 18 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya universiteti vise-prezidenti janob Isoda Fumio, universitetning xalqaro loyoihalashtirish Departamenti xodimi Yashiro Mayumi xonim hamda Nagoya universitetining O’zbekistondagi bo’limi (vakolatxonasi) ijochi direktori Eldorjon Elmurodovlar tashrif buyurishdi.

IMG_9088

Delegasiya va rektor I. Tuxtasinov, prorektor F.Ro’ziqulov, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani B.Odilov va Sharq tillari kafedrasi mudiri A.Raximovlar ishtirokida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

IMG_9115

Uchrashuvda Nagoya universiteti tomonidan SamDChTIga yuborilgan ko’ngilli-o’qituvchi Terada Tomokoning SamDChTIdagi ish-faoliyatini tashkil etish, o’quv-uslubiy ishlanmalarini takomillashtirish, shuningdek, turizm, iqtisod va boshqa sohalarga ixtisoslashgan yapon tilini o’qitishni yo’lga qo’yish hamda qo’shma magistratura dasturlarini yaratish kabi mavzularda fikr almashinildi.

IMG_9120

Uchrashuv yakunida tomonlar o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Hamkorlik Shartnomasi imzolashga kelishib olindi.

IMG_9153

Tashrif doirasida shuningdek, yapon tili o’qituvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida xorijiy o’qituvchi T.Tomoko va mahalliy o’qituvchilar  o’rtasida darslarni o’zaro hamkorlikda olib borish, talabalar amaliyotlarini tashkil etish va boshqa masalalar yuzasidan kelishib olindi.