Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Institutga AQShning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen xonim tashrif buyurdi

2017 yil 21 sentyabr kuni AQShning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen xonim boshchiligidagi delegasiya tashrif buyurdi.

IMG_9213

O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining Samarqand viloyatidagi vakili Z.Muxtarov hamda Samarqand viloyati hokimi o’rinbosari Sh. Qulmatovlar hamrohligidagi delegasiya institut rektori I.Tuxtasinov, prorektorlar F. Ro’ziqulov va Sh. Ashurov hamda Ingliz tili fakulteti dekani A. Ismailovlar tomonidan kutib olindi.

IMG_9263

Institut rektoratida bo’lib o’tgan rasmiy uchrashuvda rektor I.Tuxtasinov elchi xonimga tashrif uchun hamda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini  rivojlantirish va institutda ingliz tilini o’qitishni takomillashtirish borasida yaqindan amaliy yordam berayotganligi, AQSh elchixonasi ko’magida SamDChTIda amerikalik malakali mutaxassislar talabalarga ingliz tili va adabiyotidan saboq berib kelayotganligi uchun minnatdorchilik bildirib, SamDChTI haqida qisqacha ma’lumot berib o’tdi.

IMG_9306

O’z o’rnida elchi xonim samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi hamda SamDChTI bilan hamkorlik aloqalarini olib borayotganligidan, O’zbekiston yoshlariga ingliz tilini o’rgatishda o’z hissasini qo’shayotganligidan mamnun ekanligini va bundan keyin ham bu borada amaliy yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, SamDChTIda faoliyat olib borgan AQShlik mutaxassislar Andrew Mobbs va Elis Brittainlarni yaxshi qabul qilib, ular bilan do’stona munosabatda bo’lganligi uchun institut jamoasidan juda minnatdor ekanligini bildirdi.

IMG_9335

Shundan so’ng delegasiya ingliz tili fakultetiga taklif etildi. Fakultetda AQSh elchixonasi tomonidan taqdim etilgan 60 turdagi 700 dona ingliz tili o’quv-adabiyotlari va AKT vositalari taqdimot marosimi bo’lib o’tdi.

IMG_9358

Taqdimot marosimiga delegasiya a’zolari bilan birgalikda ingliz tili o’qituvchilari va talabalari ham taklif etildi hamda davra suhbati tashkil etildi.

IMG_9360

Marosimni institut rektori kirish so’zi bilan ochib berdi hamda elchi xonimni fakultet jamoasiga tanishtirib jamoa nomidan minnatdorchilik bildirdi.

Elchi xonim o’qituvchilar va talabalar bilan yuzma-yuz muloqot qilishdan juda xursand ekanligini bildirib, taqdim etilayotgan o’quv-adabiyotlar va AKT vositalaridan ko’plab talabalarning samarali foydalanishlariga, ular o’zlarining ingliz tili bilim va ko’nikmalari yanada oshishiga umid bildirdi.

Shuningdek, elchi xonim o’qituvchilar va talabalar AQShlik mutaxassislar Andrew Mobbs va Elise Brittainlardan qay darajada foydalanganliklari va boshqa masalalar yuzasidan fikr va mulohazalari bilan qiziqdi.

IMG_9380 

O’qituvchilarning fikr va mulohazalarini va talabalarning ingliz tilida ravon nutqini tinglab elchi xonim AQShlik mutaxassislardan maqsadli va samarali foydalanilganligini e’tirof etdi.