Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Prezidentimiz nutqi-darslarning asosiy mavzusi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mag’kamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentining 2017 yil 25 sentyabrdagi 01-1-266-sonli topshiriq xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so’zlagan nutqining mazmun-mohiyati institutimiz talabalariga keng tushuntirildi.

1

2

         Seminarlar barcha fakultetlar kesimida tashkil etilgan bo’lib, bakalavr va magistraturaning barcha bosqich talabalalarini qamraydi hamda oktyabr oyi mobaynida davom ettiriladi. Seminarlarning jonli, mazmunan boy o’tkazilishi uchun barcha shart-sharoitlar tayyorlandi. 

3

4

         Prezidentimiz nutiqining video ko’rinishidagi shakli va elektron matni barcha fakultetlarga tarqatildi. Seminarlarni o’tkazish uchun f.f.d. professor R.T.Shodiyev, dosentlar M.B.Bozorov, S.Doliyev kabi yetakchi ustoz-metodistlar hamda deputatlar korpusi va Yoshlar ittifoqi faollari jalb etildi.