Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Tarjima – madaniyatlararo aloqa ko’prigi

Joriy yilning 6 oktyabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida” 2017 yil 10 yanvardagi 4789-sonli farmoyishini ijro etish bo’yicha tadbirlar doirasida «Tarjima – madaniyatlararo do’stlik ko’prigi» mavzusida talaba-kitobxonlar bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

IMG_9690

IMG_9695

IMG_9701

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo’linmasi hamkorligida o’tkazilgan tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad Samarqand adabiy muhitida tarjimonlik ishlarining holati, muammolari va istiqboldagi rejalarini muhokama etish, dotsent I.Tuxtasinov va boshqalar amalga oshirgan tarjima asarlari taqdimotini o’tkazishdan iborat bo’ldi.

Shu o’rinda bugun Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, dotsent I. To’xtasinovning tarjimonlik faoliyati alohida e’tiborga loyiq. O’tgan yillar mobaynida I.To’xtasinov o’zbek adabiyoti namunalarini ingliz tiliga tarjima qilish ishlariga astoydil kirishdi. Keyingi ikki yil ichida Omon Mo’minov bilan Oybekning “Navoiy” romani va I.Yo’ldoshev hamkorligida G’afur G’ulomning “Shum bola” qissasini tarjima qilib nashr ettirdi. Avvalo, ularni nashrga tayyorlashda xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi. Jumladan, “Navoiy” romanining inglizcha matniga amerikalik Kristin Smart muharrirlik qilgan.  

IMG_9721

IMG_9732

IMG_9735

“Shum bola” qissasining inglizcha tarjima matni amerikalik mutaxassis Eliz Britten tomonidan tahrir qilingani tarjimaning inglizzamon o’quvchiga ma’qul kelishini ta’minlaydi. Tarjimani o’qigan mutaxassislarning fikriga ko’ra, inglizcha matn bir qadar sodda, bolalar tiliga yaqin chiqqan, so’z va iboralar izohtalab emas. 

         Hozirda I.To’xtasinov rahbarligidagi ijodiy guruh Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romanini nashrga topshirgan,  yana o’ndan ziyod zamonaviy va mumtoz adabiyotimiz namunalari chet tilida, xususan, ingliz tilida nashrga tayyorlangan.

Ochiq ilmiy-ma’rifiy muloqotda so’zga chiqishgan O’zbekiston Jahon tillari universiteti professori S.Umirov, dosenti N.Qambarov, professor M.Xolbekovlar tarjima soxasining bugungi dolzarb muammolari va vazifalari, ingliz tiliga o’girilgan asarlarning tarjimashunosligimizda tutgan o’rni, ahamiyati hamda mulohazatalab o’rinlari to’g’risida batafsil nutq so’zlashdi.

Ko’p sonli kitobxon talabalarning ko’plab savollariga javob berishdi. Shuningdek tadbirda so’zga chiqishgan yozuvchi va shoirlar Toshpo’lat Tugal, Oygul Mamatova, Eshqobil Valilar Samarqand adabiy muhitida kechayotgan adabiy jarayon, tarjima va tarjima asarlariga munosabat to’g’risida to’xtalishdi. Tadbirda ishtirokchi tomonlar tarjima borasida ijodiy hamkorlik to’g’risida kelishib olishdi.

Muloqot so’ngigida olimlarga eng mazmunli va qiziqarli savollar berishgan talabalarga I.Tuxtasinovning tarjima kitoblaridan sovg’alar berildi.