Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

18-oktyabr Samarqand kuni

Bugun erta tongdan karnay-surnaylar sadosi ostida samarqandliklar Soxibqiron Amir Temur xaykali poyiga jamlanishdi. Shahar kuniga bag’ishlangan ommaviy sayl va ma’naviy tadbirda Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogik jamoasi, nuroniy ustozlar, faol yoshlar ishtirok etishdi. Nuroniy ustozlar, keksa olimu-ijodkorlar suhbatida ona Samarqandimizning jahon sivilizasiyasida tutgan o’rni, samarqandliklar haqida gap ketdi.

20171018_083940

20171018_085415

Samarqand – jaxon sivilizasiyasi yirik markazlaridan biridir. Deyarli uch ming yillik tarixga ega ona shahrimiz ilm-fan, savdo va hunarmandchilik markazi sifatida olamga mashhur. Amir Temur va temuriylar boshqaruvi davrida Samarqand - mintaqaning yirik iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaziga aylandi. Shaharda ko’plab madrasa va machitlar, saroy va bog’lar, savdo-sotiq va hunarmandchilik inshootlari barpo etilgan edi. Bu yodgorliklardan ko’plari hozirgi kungacha saqlanib qolgan.

20171018_083639 

2001-yil Finlandiyada bo’lib o’tgan YuNESKOning 25-sessiyasida, Samarqandning qator me’moriy-tarixiy yodgorliklari dunyo miqyosidagi me’roslar ro’yxatidan joy oldi. Samarqand har bir ilg’or tafakkurli inson borib ko’rishi shart bo’lgan 50ta jahon shaharlaridan birinchi o’nligiga kiritilganligi bejiz emas.

20171018_083943 

Samarqand shahrining bayramida keng jamoatchilik, ziyolilar, ijodkorlar, talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Amir Temur  xaykali poyiga anvoyi gullar qo’yildi.