Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Diqqat e'lon

Oshirilgan to’lov-kontrakt asosida o’qish istagini bildirgan

(2017 yilning 10 oktabriga qadar SamDCHTI qabul komissiyasiga yozma ravishda ariza bergan) abiturientlar diqqatiga!!!

O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat Komissiyasining 2017 yil 6 oktabrdagi 8-son bayoni 8-bandiga asosan talabalikka tavsiya etilmagan abiturientlarga oshirilgan to’lov-kontrakt miqdorini to’lashga ruxsat berildi.

Oshirilgan to’lov-kontrakt miqdorini to’lash muddati 2017 yil 30 oktabr.

Oshirilgan to’lov-kontrakt miqdori ko’rsatilgan muddatda to’liq (100%) amalga oshirilgan taqdirdagina abiturient talabalar safiga qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot va to’lov shartnomalarini olish uchun abiturient otasi yoki onasi (yoki unga vasiylik maqomidagi shaxs) bilan birga institut Qabul komissiyasiga kelib uchrashishlari so’raladi.

Oshirilgan to’lov-kontrakt miqdori amalda o’rnatilgan to’lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

-  To’plagan ballari tasdiqlangan to’lov-kontrakt bo’yicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha yetmagan abiturientlar uchun – 1,5 barobar;

1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,0 barobar;

2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,5 barobar;

3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun – 3,0 barobar.

Kirish sinovlarida to’plagan natijalari eng yuqori ballning 30% (68,0 ball) dan kam bo’lmagan ball to‘plagan va o’qish istagini bildirgan abiturientlarga birinchi o’quv yiliga amalda o’rnatilgan to’lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorda to’lov to’lash sharti bilan o’qishga kirish huquqi beriladi:

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili – 10 (o’n) barobar;

Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili – 15 (o’n besh) barobar;

Filologiya va tillarni o’qitish: nemis tili – 15 (o’n besh) barobar;

Filologiya va tillarni o’qitish: fransuz tili – 15 (o’n besh) barobar;

Filologiya va tillarni o’qitish: ispan tili – 15 (o’n besh) barobar;

Filologiya va tillarni o’qitish: italyan tili – 15 (o’n besh) barobar;

Filologiya va tillarni o’qitish: arab tili – 15 (o’n besh) barobar;

Filologiya va tillarni o’qitish: xitoy tili – 15 (o’n besh) barobar;

Filologiya va tillarni o’qitish: koreys tili – 15 (o’n besh) barobar;

Filologiya va tillarni o’qitish: yapon tili – 15 (o’n besh) barobar;

Tarjima nazariyasi va amaliyoti – 15 (o’n besh) barobar;

Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar bo’yicha to’lov-kontrakt shartlari birinchi o’quv yili uchun to’liq bajarilgandan so’ng abiturient oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug’i bilan o’qishga qabul qilinadi.

Oshirilgan to’lov-kontrakt faqat birinchi o’quv yili uchun amalga oshiriladi. Keyingi kurslarda talaba uchun bir baravar miqdordagi to’lov-kontrakt belgilanadi.

Respublika oily ta’lim muassasalarida bakalavriyat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bitta talabani bir yillik o’qitishning (2017/2018 o’quv yili uchun) amaldagi qiymati:

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili - 6650 000 (olti million olti yuz ellik ming) so’m;

Filologiya va tillarni o’qitish: (tillar bo’yicha) – 7250 000 (etti million ikki yuz ellik ming) so’m.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti – 7250 000 (etti million ikki yuz ellik ming) so’m.

SamDCHTI Qabul komissiyasi

Tel.: (866) 2336174

(SamDCHTI bosh binosai 3 qavati, Xalqaro aloqalar bo’limi)