Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Til haqida mashvarat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi

2017 yil 20 oktyabr kuni institut rektorati, xotin – qizlar kengashi hamda “Arab tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi “O’zbek tiliga davlat tili” maqomi berilganligi munosabati bilan “Til haqida mashvarat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazdi.

1

Tadbirni ilmiy ishlar bo’yicha prorektor, dosent Sh.Ashurov tabrik so’zi bilan ochib berdi.

2

Asosiy ma’ruzachi professor Sh.Safarov til insonlarning o’zaro aloqa vositasi bo’lib, yaratuvchining insonga bergan bebaho ne’mat, millatlarni millatlardan ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri ham til ekanligini ta’kidladi.Dunyoda har bir xalqning o’z tili uning bebaho boyligi, iftixori, najoti hisoblanishi haqida gapirdi. Yer yuzida 6000 dan ortiq til mavjud bo’lsada, o’zbek tili o’z mavqyeiga ega ekanligini, tilni har kuni o’rganishimiz kerakligi, mustaqillikka erishmasligimizdan oldin o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi katta tarixiy voqyea bo’lganligi ta’kidlandi. O’zbek tilini sevishimiz uni buzmasdan talaffuz qilish, bexato yozish ko’nikmasiga ega bo’lishimizdan boshlanishini aytdi.

4

5

“Ona tilim o’lmaydi” she’riy sahna ko’rinishida o’zbek, rus, arab, xitoy, arman, azarboyjon, hind, ispan va ingliz kabi xalqlarning milliy kiyimlarida chiqib hyech qaysi til o’lmasligi she’riy parchalarda ta’sirli o’qildi.

6 

So’z haqida mashvarat boshlanib, hikmatli so’zlar, she’rlar turli tillarda jarangladi.

7 

Qo’shiq va raqslarda o’zbek millati bor ekan, uning tili ham yashaydi, tili yashar ekan u millat boshqa millatlar orasida o’z nufuzi, obro’siga ega bo’lishligi tarannum etildi. Har bir xalqqa o’z tili aziz va ardoqli ekanligi ko’rsatib berildi.

8 

“Til haqida mashvarat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir so’ngida “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti dekani B.Odilov faol ishtirok etgan talaba va ustozlarga fahriy yorliqlar topshirdi.