Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Germanyaning Oʻzbekistondagi elchisi janob Gyunter Overfeld SamDCHTI akademik litseyiga tashrif buyurdi

2017 yil 26 oktyabr kuni Germanyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Gyunter Overfeld hokimyat vakillari, SamDCHTI AK va KHK boyicha  prorektor B. Primov hamda akademik litsey direktori Z. Quziyevlar tomonidan kutib olindi.

20171026_125707

Akademik litseyda boʻlib oʻtgan uchrashuvda litsey direktori elchi janoblarini rahbaryat bilan tanishtirdi. Shundan soʻng har ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.

20171026_132613 

 

Oʻz oʻrnida Gyunter Overfeld samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi hamda SamDChTI akademik litseyi bilan hamkorlik aloqalarini olib borayotganligidan, Oʻzbekiston yoshlari nemis tilini qiziqib o’rganayotganligidan mamnun ekanligini ta’kidladi. Ta’lim va madaniy aloqalar sohasidagi hamkorliklarni kelajakda yanada rivojlantirishga kelishib olindi.

20171026_140026 

Faollar zalida litsey oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan  badiiy chiqishlar hamda nemis tilida tayyorlangan qiziqarli sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Ushbu uchrashuv barchada chuqur taassurot qoldirdi.